Qozogʻistonda koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqaradigan zavod ishga tushadi

Qozogʻiston sogʻliqni saqlash vaziri Aleksey Soy Biologik xavfsizlik muammolari ilmiy tekshirish instituti qoshida vaksina ishlab chiqarishga moʻljallangan biofarmatsevtika zavodi qurilishi shu yil dekabr oyida nihoyasiga yetishiga umid bildirdi. Bu haqda “zakon.kz” portali yozgan.

2020-yilning iyun oyida boshlangan mazkur korxonani bunyod etish ishlari jadal surʼatda davom etyapti. Umid qilamizki, obyekt belgilangan muddatda topshiriladi, – dedi Soy.Vazir aniqlik kiritishicha, ushbu zavod Jambul viloyati Kordoy tumanidagi Gvardeysk shahrida qad rostlamoqda.

 

OʻzA