Ellikqalʼada yirik limonchilik issiqxonasi tashkil qilindi

Ellikqalʼa tumani “Guldursin” OFY xududida yirik limonchilik issiqxonasi tashkil qilindi.
Loyiha qiymati 1 mln 275 ming AQSH dollarini tashkil qiladigan ushbu issiqxonaga erta bahorda Qoʻqondan 2500 tup limon koʻchatlari olib kelib ekildi.
Hozirgi vaqtda limon koʻchatlari issiqxonaning 2-gektar yer maydoniga ekilib parvarishlanayotgan boʻlsa, qolgan qismi tez kunlarda yana koʻchat ekish uchun tayyorlanmoqda.
Issiqxona ishga tushishi bilan 85 nafar ishchi xodim ish bilan taʼminlanadi. Kelgusida yiliga oʻrtacha 468 160 AQSH dollari pul tushumi kutilmoqda.

 

Ye.Qanoatov, OʻzA