Sooronbay Jeenbekov isteʼfoga chiqishga qaror qildi: Qirgʻizistonning tinchligi men uchun barchasidan ustun turadi

Qirgʻizistonning Kabar axborot agentligi xabar berishicha, Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov mamlakatda yuzaga kelgan jamoatchilik–siyosiy vaziyat tufayli bugun qirgʻizistonliklarga murojaat qilgan.
Davlat rahbarining murojaatida jumladan shunday deyiladi:
Men uchun Qirgʻizistonda tinchlik, mamlakatning butunligi, xalqimizning birligi va jamiyatning xotirjamligi barchasidan ustun turadi. Men uchun vatandoshlarimning hayotidan qimmatli narsa yoʻq.
Men hokimiyat uchun talashmayman. Qirgʻiziston tarixida oʻz xalqini oʻqqa tutgan va qon toʻkilishiga sababchi boʻlgan prezident sifatida qolishni istamayman. Shu bois isteʼfoga chiqishga qaror qildim.

 

OʻzA