Saylov arafasida Tramp soliq toʻlamagani aytilmoqda

AQSH prezidenti Donald Tramp million dollar soliq toʻlagani va oʻz aktiivlari bilan solishtirganda qarzi unchalik koʻp emasligini maʼlum qildi.
“Yolgʻon xabarlar tarqatadigan OAV xuddi 2016-yildagi saylov vaqtidagidek noqonuniy yoʻl bilan olingan maʼlumotlarga tayanib, turli asossiz axborotlar tarqatmoqda. Barcha xabarlardan faqat gʻarazli maqsad koʻzlangan. Men koʻp millionlik soliq toʻlaganman”, – deb yozdi Tramp dushanba kuni oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Tramp 10 yil davomida federal daromad soligʻini toʻlamay kelayotgani haqida “New York Times” nashrida eʼlon qilingan maqolaga javoban, Oq uy rahbari shularni taʼkidladi. Maqolada shuningdek, prezident oʻz biznesi orqali daromaddan koʻproq zarar koʻrayotgani ham yozilgan.
Koʻp yillar davomida mashhur biznes odami va teleboshlovchi sifatida tanilgan Donald Tramp siyosatga 2016-yilgi prezident saylovi arafasida kirib kelgan.

 

OʻzA