Mayk Pompeo: “Xitoyga qarshi AQSH va uning ittifoqchilaridan iborat alyans tashkil etiladi”

AQSH Davlat departamenti rahbari kelgusi yuz yillik “Xitoy yuz yilligi” boʻlib qolmasligi uchun barcha imkonni ishga solish kerakligini aytib bayonot berdi.
Uning soʻzlariga koʻra, yaqin oʻrta va uzoq muddatli istiqbolda AQSHning eng katta raqibi Xitoy boʻlib qoladi.
“Life, Liberty & Levin” tok-shousidagi intervyusida Pompeo yaqin yillarda AQSH va uning ittifoqchilari Xitoyga qarshi alyans tashkil qilishini maʼlum qildi.
Davlat kotibining eslatishicha, keyingi yarim asr davomida AQSH Xitoyga nisbatan “tanazzul” siyosatini olib bormoqda, bundan albatta, Xitoyning dunyodagi ustuvorligi va ichki rivojlanish suratini imkon qadar sekinlashtirish maqsad qilingan.
Xitoyga qarshi tuziluvchi yangi alyansga Afrika, Osiyo va Janubiy Amerika, shuningdek, Oʻrta Sharq davlatlaridan qoʻshiluvchi davlatlar ham kiritiladi.
Ayni vaqtda Pompeo bunday alyansni tashkil etish uchun bir necha yil talab etilishini taʼkidladi.

 

O’zA