Rossiya va Armaniston hukumat vakillari Togʻli Qorabogʻdagi keskinlashgan vaziyatni muhokama qildilar

Armaniston tomoni tashabbusi bilan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanning telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi.
INTERFAX.RU” xabariga koʻra, bu haqda Kreml matbuot xizmati maʼlumot tarqatgan.
“Togʻli Qorabogʻdagi keskinlashgan vaziyat muhokama qilindi. Suhbatda, eng asosiysi, hozir oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha chora koʻrish muhimligi taʼkidlandi”, deyiladi maʼlumotnomada.
Avvalroq, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Togʻli Qorabogʻdagi vaziyatni Armaniston, Ozarbayjon va Belarus tashqi ishlar vazirlari bilan muhokama qilgandi.
Yakshanba kuni Turkiya Prezidenti Rejep Tayip Erdoʻgʻan Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqotda boʻlib, mazkur masalada Bokuga istalgan yordamni koʻrsatishga tayyorligini aytgandi.

 

O’zA