AQSH Prezidenti: “Ozarbayjon–Armaniston munosabatining keskinlashishi oldi olinadi”

AQSH Togʻli Qorabogʻdagi voqealarni sinchkovlik bilan kuzatib bormoqda, dedi AQSH Prezidenti Donald Tramp Oq uydagi brifingda.
Uning soʻzlariga qaraganda, “Vaziyatning keskinlashuvini oldini olishga harakat qilinadi”.
Eslatib oʻtamiz, Ozarbayjon mudofaa vazirligi Togʻli Qorabogʻning Armaniston bilan chegara hududida otishmalar sodir boʻlganini maʼlum qilgandi.
Mahkama maʼlumotiga koʻra, tinch aholi vakillari orasidan ham qurbonlar bor.
Oʻz navbatida, Armaniston mudofaa vazirligi Qorabogʻga havo hujumi uyushtirilganini va Ozarbayjonning ikki vertolyoti va uchta uchuvchisiz uchar apparati urib tushirilganini haqida xabar tarqatgandi.

 

O’zA