Saudiya Arabistoni raisligidagi “Katta yigirmatalik” sammiti (G20) 21-22-noyabr kunlarida oʻtkaziladi.
Aʼzo mamlakatlarning qoʻshma bayonotiga qaraganda, tadbir koronavirus pandemiyasi sharoitida onlayn-formatda boʻlib oʻtadi.
Sammitning asosiy mavzulari sifatida inson hayotini saqlash va iqtisodiy tiklanish, shuningdek, koronavirusga qarshi kurash chora-tadbirlari kabi masalalar koʻrib chiqiladi.
“Katta yigirmatalik” guruhi bayonotiga koʻra, bu borada dori-darmon va vaksinalar uchun umumiy hisobda 21 milliard dollar yoʻnaltirilgan.
Bundan tashqari, “yigirmatalik” mamlakatlari tomonidan jahon iqtisodi tiklanishi uchun 11 trillion dollar ajratilgan va maxsus dastur ishga tushirilgan.
O’zA