Yoshlar yurtimizdagi OTMga kirish uchun bilimini oshirishi kerak

Milliy matbuot markazida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi mutasaddilari ishtirokida oʻtgan matbuot anjumanida ayni masalaga alohida eʼtibor qaratildi.
– Joriy oʻquv yilidan boshlab yurtimizda yangi professional taʼlim tizimi tashkil etildi, – deydi vazirlikning bosh boshqarma boshligʻi Abduvali Xoliqov. – Ularda tahsil oluvchilarga ham qator imtiyozlar beriladi. Misol uchun, texnikumlarda ikki yillik tahsildan soʻng fanlarni oʻzlashtirishda alohida muvaffaqiyatlarga erishgan bitiruvchilar oliy taʼlim muassasasida oʻqigan kasbi boʻyicha suhbat asosida oʻqishga qabul qilinadi.
Hozirda yurtimizdagi 201 ta kollej va 185 ta texnikumga qabul jarayoni davom etmoqda. Hujjatlar shu yilning 25-sentyabriga qadar qabul qilinadi.
Oʻzbekiston yoshlariga oliy maʼlumotli boʻlish istagini roʻyobga chiqarishlari uchun imkoniyat yaratish hamda ularga oʻz yurtida sifatli taʼlim olishlari uchun vazirlik tomonidan olib borilayotgn ishlar izchil davom etishi taʼkidlandi.
Mutaxassislarning qayd etishicha, xorijdagi u qadar yuqori boʻlmagan darajali oliy taʼlim muassasalariga kirib, keyin oʻqishni koʻchirishda muammolar boʻlgandan koʻra, abituriyentlar oʻz ustida ishlab, bilimini oshirgani yaxshiroq.

 

OʻzA