Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri bilan telefon orqali suhbat toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Ozarbayjon Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramov bilan telefon orqali muloqot qildi. 
 
Bu haqda vazirlik matbuot xizmati maʼlum qildi.
Turli darajalarda boʻlajak ikki va koʻp tomonlama, jumladan, Oʻzbekistonning MDHda raisligi doirasida koʻzda tutilgan tadbirlar jadvali va boshqa tashkiliy masalalar koʻrib chiqildi.
Tashqi siyosat idoralari rahbarlari koronavirus pandemiyasi taʼsirida yuzaga kelgan holatga qaramay, Oʻzbekiston – Ozarbayjon aloqalari faol rivojlanib borayotgani, mahsulot ayirboshlash koʻrsatkichi joriy yil yanvaridan iyuligacha 163 foiz oʻsganini alohida taʼkidladilar.
Tomonlar Oʻzbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi oʻrtasidagi hamkorlik boʻyicha qoʻshma hukumatlararo komissiya faoliyatini tiklash boʻyicha kelishuvga erishdilar.

 

OʻzA