Oʻzbekiston delegatsiyasining SHHT TIVK boʻlajak yigʻilishida ishtiroki toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Moskva shahrida boʻlib oʻtadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining yigʻilishida ishtirok etadi.

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari boʻlajak SHHT sammitiga tayyorgarlik bilan bogʻliq masalalarni muhokama qiladilar hamda dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar boʻyicha fikr almashadilar.
Tashrif davomida Oʻzbekiston delegatsiyasi Moskva shahrida qator ikki tomonlama uchrashuvlarni oʻtkazishni rejalashtirmoqda.

 

OʻzA