Messi bilan futbol tarixidagi eng qimmat shartnoma imzolanishi mumkin

Jahondagi eng kuchli futbol klublardan biri boʻlgan Ispaniyaning “Barselona” klubi rahbariyati jamoa hujumchisi Lionel Messining transferini inkor etmasligini maʼlum qildi.
Messi Angliyaning “Manchester Siti” jamoasiga oʻtish narxi “The Mirror”da keltirilgan. Maʼlumotda aytilishicha, “Barselona” argentinalik futbolchini rekord darajadagi 280 million yevro evaziga qoʻyib yuboradi, shundan 135 millionini “Barselona” naqd koʻrinishda olish niyatida. Mazkur kelishuv amalga oshsa futbol tarixidagi eng qimmat shartnoma boʻlib qoladi.
Avvalroq oʻyinchi klubni tark etishga qaror qilgani, uning jamoa bilan shartnomasi muddati esa kelgusi yilning yozigacha ekani maʼlum qilingandi.

 

OʻzA