Prezident abituriyentlarga omad tiladi

Koʻksaroy qarorgohida mustaqilligimizning 29 yilligi bayramiga bagʻishlangan tantanali tadbir davom etmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev yurtimizda ilm-fanga qaratilayotgan eʼtibor haqida gapirar ekan, oliy oʻquv yurtiga hujjat topshirgan yigit-qizlarga imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirib olishida omad va zafarlar tiladi.
Maktablarda taʼlim sifatini oshirish, oʻqituvchilar obroʻyini yana-da yuksaltirish kerakligini taʼkidladi.
– Shundagina bugungi 1-sinfdagi farzandlarimizdan 15-20 yil oʻtib, albatta, Ulugʻbek, Beruniy, Ibn Sinolar yetishib chiqadi. Men bunga albatta ishonaman, – dedi Prezident.

 

O’zA