Tanlovda ishtirok eting va “MDH mukofoti” sohibiga aylaning!

Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish boʻyicha Davlatlararo kengash (MGS)ning 57 yigʻilishida “Mahsulotlar
va xizmatlar sifati sohasida erishgan yutuqlari uchun MDH mukofoti” tanlovini oʻtkazish eʼlon qilindi.
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH)ga aʼzo davlatlardagi korxonalarning yuqori sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishini ragʻbatlantirish, eksport imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek MDH hamda jahon bozorida oʻz oʻrniga ega boʻlishini taʼminlash maqsadida MDHga aʼzo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining 2020-yil 29-maydagi qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq 2 yilda 1 marotaba Mahsulotlar va xizmatlar sifati sohasida erishgan yutuqlari uchun MDH mukofoti tanlovini oʻtkazish joriy etilgan.
Tanlov shartiga muvofiq MDHga aʼzo davlatlarga kamida 2 yil davomida mahsulotlarini eksport qilgan va yuqori sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarilishini taʼminlagan sanoat, isteʼmol tovarlari, oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi va xizmat koʻrsatuvchi korxonalar ishtirok etishi belgilangan.
Tanlov gʻoliblari diplom bilan taqdirlanadi va sovrin logotipidan 3 yil davomida mahsulotlarini yorliqlashda reklama maqsadlarida foydalanishlari mumkin boʻladi. Tanlov tartibi, shartlari va imtiyozlar boʻyicha batafsil maʼlumotni Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish boʻyicha Davlatlararo kengash (MGS) ning quyidagi rasmiy sayti http://easc.by/konkurs-na-soiskanie-premii-sng orqali toʻliq tanishishingiz va “Oʻzstandart” agentligi Xalqaro munosabatlar boshqarmasi (Tel: +998 71 202-00-11, ichki 1049) yoki (+99899 815-87-92) dan qoʻshimcha maʼlumotlar olishingiz mumkin.
Tanlovda ishtirok eting va “MDH mukofoti” sohibiga aylaning!
photo_2020-08-01_16-20-46.jpg
“Oʻzstandart” agentligi Matbuot xizmati

 

O’zA