Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oshdi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga koʻra, ertaga, 4-avgustdan eʼtiboran valyutalar kursi quyidagicha:
1 AQSH dollari 10 209 soʻm 86 tiyinni tashkil etib, oʻtgan haftadagi kursga nisbatan 2 soʻm 17 tiyinga qimmatlagan.
1 yevro kursi 12 021 soʻm 9 tiyinga baholanib, 125 soʻm 5 tiyinga qimmatlashdi.
Rubl kursi oʻtgan haftaga nisbatan 4 soʻm 91 tiyinga arzonlashdi. Xususan, 1 rubl 137 soʻm 46 tiyin etib belgilangan.
Valyuta qiymatini belgilash chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmaydi.

 

OʻzA