Nega Qoraqalpogʻistonda ikki nafar tibbiyot xodimining koronavirusdan vafot etgani haligacha maʼlum qilinmadi?

Oʻtgan hafta Qoraqalpogʻistonda 2 ta mashhur shifokor koronavirusdan vafot etishdi. Nega bu haqida haligacha xalqqa maʼlum qilinmadi? Nega buni sir saqlayapsizlar? Ushbu savolga Sanitariya – epidemiologiya nazorati Davlat inspeksiyasi rahbari Nurmat Otabekov javob berdi.
“Darhaqiqat, oʻtgan haftada Qoraqalpogʻistonda ikkita tibbiy xodim: shifokor va hamshira vafot etdi. Bu haqda oʻsha zahoti ushbu maʼlumot olingandan mahalliy televideniye orqali maʼlum qilindi”, deydi Otabekov.

 

OʻzA