Qabul-2020: abituriyentlarga ruxsatnoma qachon beriladi?

Davlat test markazi bosh boshqarma boshligʻi Barno Rajabovning maʼlum qilishicha, mamlakatimizdagi koronavirus bilan bogʻliq vaziyatda abituriyentlarga test topshiri uchun ruxsatnomalarni berish sanasi hali nomaʼlum.
Test oʻtkaziladigan sana maʼlum boʻlgach, abituriyentlar telefoniga xabarnoma yuboriladi. DTM sayti orqali ruxsatnomalarni olish uchun kamida 10 kun oldin amaliy ishlar boshlanadi.

 

OʻzA