Rossiyada tahsil olayotgan talabalar yurtimizga olib kelindi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirigʻiga binoan Rossiya Federatsiyasining Novosibirsk shahri orqali 200 ga yaqin oʻzbekistonlik talaba charter reys orqali yurtimizga olib kelindi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida talabalar sanitariya qoidalariga koʻra tekshiruvdan oʻtdi. Ularning yuklari ham tegishli tartibda dezinfeksiya qilindi.

Tomsk shahri Sibir federal okrugida tahsil olayotgan bu talabalar sogʻligʻini saqlash maqsadida oʻrnatilgan tartibda karantinga olinadi. Soʻngra oilasi bagʻriga qaytadi.

Ular Tomsk shahrida qanday yashadi? Vatanga qaytish jarayoni qanday kechdi? Tez orada yoshlarimizning shu va boshqa hodisalar tafsilotlari haqidagi fikrlarini eʼlon qilamiz.

photo_2020-07-22_02-14-44.jpg
photo_2020-07-22_02-14-53.jpg

 

Xurshid Qodirov, Oqil Gʻulomov (surat), OʻzA