Moʻynoqda dezinfeksiya ishlari amalga oshirilmoqda

20-iyul kuni Moʻynoq tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi, SEOM, Milliy gvardiya, IIB va Mudofaa ishlari boʻlimi xodimlari bilan hamkorlikda tumanda dezinfeksiya ishlari amalga oshirildi. Dezinfeksiya ishlariga jami 3 ta texnika va 37 nafar ishchi xizmatchi xodimlar jalb qilindi.
Dezinfeksiya ishlarida 8 tonna xlorli eritma ishlatildi, deyiladi tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xabarida.

 

O’zA