Qator yoʻnalishlarda poyezdlar qatnoviga ruxsat berildi

Respublika maxsus komissiyasi axborotida taʼkidlanishicha, fuqarolarga qulayliklar yaratib berish maqsadida Respublikada epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib,“sariq” va “yashil” toifalarga ajratilgan hududlar oʻrtasida sanitariya-gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya etgan holda quyidagi poyezdlar qatnovi tiklanishiga ruxsat berildi:
Toshkent – Buxoro – Toshkent;
Toshkent – Termiz – Toshkent;
Toshkent – Xiva – Toshkent;
Toshkent – Nukus – Toshkent;
Andijon – Xiva – Andijon;
Andijon – Buxoro – Andijon;
Andijon – Termiz – Andijon.
Bunda, Transport vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi bilan birgalikda hududlardagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib poyezdlar qatnov rejasini belgilab boradi.
Shuningdek, Toshkent-Samarqand-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha sanitariya-epidemiologik talablarga qatʼiy rioya etgan holda “Afrosiyob” poyezdlarining qatnovlari yoʻlga qoʻyilishiga ruxsat berildi.
Yuqoridagilar bilan bir qatorda avtotransport vositalarida yolgʻiz harakatlanayotgan haydovchiga tibbiy niqobdan foydalanmaslikka ruxsat berildi.

 

O’zA