Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq, davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilarni qabul qilishga puxta tayyorlash, shu jumladan sanitariya-gigiyenik qoidalar va xavfsizlik choralarini toʻliq taʼminlash maqsadida ularning faoliyatiga joriy yilning 1-avgustidan boshlab ruxsat beriladi.
Bunda:
– davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari binolari doimiy ravishda dezinfeksiya qilinadi, ularga kirish-chiqish joylari pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion “toʻshaklar” bilan jihozlanadi;
– xodimlar tibbiy niqob va tibbiy qoʻlqopdan foydalanadi va ijtimoiy masofani saqlaydi;
– tana harorati 37*S va undan yuqori boʻlgan yoki infeksiya alomatlari mavjud boʻlgan xodim va tarbiyalanuvchilar mashgʻulotlarga kiritilmaydi.
– Shu bilan birgalikda, 2020-yil 15-iyundan boshlab “yashil” va “sariq” hududlarda nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatiga ruxsat berilgan boʻlib, bunda maktabgacha taʼlim tashkilotlarida mashgʻulotlarni 15 kishidan ortiq boʻlmagan guruhlarda tashkil etish toʻgʻrisidagi cheklov bekor qilindi.
Bunda, nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilar oʻrtasida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishga qaratilgan karantin cheklovlariga qatʼiy rioya etilishi boʻyicha masʼuliyat maktabgacha taʼlim tashkiloti maʼmuriyati hamda tarbiyalanuvchilarning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar zimmasiga birdek yuklatiladi.
O’zA