Bugun tugʻilgan kun

10-iyun
Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Said Ahmad 1920-yil 10-iyunda Toshkent shahrida tugʻilgan.
Said Ahmad Toshkent rassomchilik bilim yurti hamda Toshkent pedagogika institutida oʻqigan. Ijodkorning dastlabki hikoyalar toʻplami 1940-yilda chop etilgan.
“Ufq” trilogiyasi, “Jimjitlik” romani, “Xandon pista”, “Bir oʻpichning bahosi” hajviy toʻplamlarini oʻquvchilar yaxshi biladi. 2000-yilda 3 jildlik “Tanlangan asarlar”i chop etildi.
Said Ahmad ijodining kattagina qismi hajviy-yumoristik hikoyalar, qissalar, komediyalardan iborat. “Kelinlar qoʻzgʻoloni”, “Kuyov” komediyalarida bu yorqin namoyon boʻlgan.
U “Doʻstlik”, “Buyuk xizmatlari uchun” ordenlari bilan ham mukofotlangan.
El sevgan ijodkor Said Ahmad 2007-yil 5-dekabrda Toshkent shahrida vafot etdi.
***
PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tugʻilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga oʻz hissasini qoʻshgan, qoʻshayotgan insonlar, davlat va jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yoʻlida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tugʻilgan kunlari esga olinadi.
Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qoʻshimchalaringiz boʻlsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.
Telegram: @UzA_pochta, @Ikrom_Avvalboyev
E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru
Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37
Saytimizni kuzatib boring!

 

OʻzA