Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2568 nafarga yetdi

2020-yil 13-may soat 10:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2568 (+21) nafarni tashkil qilmoqda. Yangidan kasallanish holatlarining 15 nafari xorijdan kelib, karantinga olingan, qolgan 6 nafari ham oldindan karantin muassasalarida kuzatuvda boʻlgan fuqarolar orasidan aniqlandi.
Ayni paytda mamlakatimizda davolanayotgan 518 nafar bemordan 12 nafari ogʻir ahvolda. Shifokorlarimiz tomonidan barcha bemorlarga standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.
Sogʻliqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi

 

OʻzA