Qishloq xoʻjaligi sohasidagi jahonning yetakchi davlati bilan hamkorlik rivojlanadi

Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “Oʻzbekiston – Niderlandiya” agrobiznes forumi, shuningdek ikkimamlakat ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida V2V formatidagi uchrashuvlar tashkil etildi.

“Hilton Tashkent City” mehmonxonasida boʻlib oʻtayotgan tadbirlarda Niderlandiya Qirolligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi vakillari, shuningdek chorvachilik, parrandachilik, bogʻdorchilik va boshqa sohalarda faoliyat yuritayotgan 40 dan ortiq kompaniyaning biznes vakillaridan iborat delegatsiya ishtirok etmoqda.
4.JPG

Forumdan koʻzlangan maqsad meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash, chorvachilik va parrandachilik, mevali daraxtlar va oʻsimliklarni parvarish qilish, issiqxonalar qurish, shuningdek, ushbu yoʻnalishlarda investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha oʻzaro hamkorlikni kengaytirishdan iborat.

Uchrashuv davomida Niderlandiya kompaniyalari vakillari issiqxonalar tuzilmasi, bogʻdorchilik va logistika, chorvachilik, parrandachilik va savdo-sotiq faoliyatiga oid oʻz taqdimotlarini namoyish etdilar.

5.JPG

“V2V” shaklidagi muloqotlarda moʻjaz Qirollikning qishloq xoʻjaligi, xususan, meva-sabzavot, kartoshka yetishtirish va qayta ishlash, innovatsion sugʻorish tizimlari, oʻsimlik yetishtirish, issiqxona qurish, chorvachilik, otchilik, bogʻdorchilik, parrandachilik va boshqa sohalar bilan shugʻullanib kelayotgan yirik kompaniyalar masʼul vakillari hozir boʻlishdi.

“Oʻzbekiston-Niderdandiya” agrobiznes forumi dasturi doirasida Samarqand shahrida ham tadbirlar tashkil etiladi.

 

Gʻayrat XONNAZAROV, Aʼlo ABDULLAYEV (surat), OʻzA