Shanba kuni Xitoy shimoli-sharqidagi Xeylunszyan viloyati markazi Xarbin shahrida yer yuzidagi eng ulkan muz va qor xiyoboni ishga tushirildi. Majmuani yaratish uchun 300 ming kub/metr qish ne’mati ishlatildi. Umumiy maydoni 1 million kvadrat/metrni tashkil qilgan ob’ekt to‘qqizta hududga bo‘lingan.
– Muzdan yasalgan haykallar nihoyatda nafis, har bir san’at asari ijodkorlarning yuksak mahoratidan darak beradi, – deydi sayyoh.
Xiyobonga kirish chiptasi kattalar uchun 328 yuan – taxminan 45,6 dollar. mijozlar uchun turli chegirmalar ham joriy qilingan.
Xarbindagi dunyoga mashhur “Buyuk muz va qor dunyosi” mamlakat qishki turizmi “tashrif qog‘ozi”ga aylangan. O‘tgan mavsum ijtimoiy tarmoqda keng tarqalgan mazkur loyiha butun mamlakat bo‘ylab qishki sport turlari va turizmga ishtiyoq ortib borayotganidan dalolat.
Ayni payt yiliga taxminan 385 million kishi qishki sayohat uchun Xitoyni tanlamoqda. Natijada davlatning sohadagi daromadi 50 foiz oshgan.
“Sinxua” nashri yozishicha, hukumat shimoli-sharqiy hududlarda “qishki iqtisodiyot”ni rivojlantirish maqsadida maxsus “muz va qor bayramlari” tashkil etish, parvoz yo‘nalishlarini kengaytirish, vizasiz siyosatni muvofiqlashtirish singari qator tashabbuslarni ilgari surdi. Bu chora-tadbirlar mahalliy va xorijiy sayyohlarni yanada ko‘proq jalb etishga qaratilgan.
Muharrama Pirmatova, O‘zA