AQSHning saylangan Prezidenti Donald Tramp televideniye prodyuseri Mark Byornettni Buyuk Britaniyaga maxsus elchi etib tayinlashini e’lon qildi.

Oq uyning yangi rahbari ijodkorligi va biznesdagi yuksak martabasi bilan Mark diplomatik ziyraklik namoyon eta olishi, xalqaro miqyosda e’tirof qozonishiga ishonmoqda.

“Omon qolgan”, “Ovoz” hamda Tramp ishtirokidagi “Nomzod” kabi shoular asoschisi, ilgari “Metro-Goldwyn-Mayer” kompaniyasini boshqargan Mark Byornett soha rivojiga qo‘shgan hissasi uchun 13 marta “Emmy” mukofotiga sazovor bo‘lgan.