AQSHning saylangan Prezidenti Donald Tramp Panama davlatini shu nomdagi mashhur kanaldan foydalanish uchun ortiqcha to‘lov olishda aybladi. U, agar to‘g‘ri boshqarilmasa, inshootni AQSHga qaytarishni talab qilmoqchi.

Ijtimoiy tarmoq orqali ushbu kanal AQSH savdosida muhim o‘rin egallashini ta’kidlagan Tramp sobiq Prezident Jimmi Karterning suv oqimi ustidan nazoratni Panamaga topshirish qarori “xato” bo‘lganini tan olgan.

Aslida bu ob’ekt “boshqalar manfaati uchun emas” ikki davlat hamkorligi ramzi sifatida berilganini qo‘shimcha qilgan siyosatchi Panama kanaldan foydalanish uchun juda katta to‘lov undirayotganini da’vo qildi.

– Mamlakatimizni talon-taroj qilish zudlik bilan to‘xtatilishi kerak, – dedi Tramp. – Kanal noto‘g‘ri qo‘llarga o‘tishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim. – Agar ma’naviy-huquqiy tamoyil hurmat qilinmasa, bu saxovatli manba o‘zimizga to‘liq va hech qanday e’tirozsiz qaytarilishini talab qilamiz.

Kanal ma’muriyati ma’lumotiga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar 2023 yil Panama orqali taxminan 125,6 million tonna yuk o‘tkazgan.