Qozog‘iston Respublikasi Xitoy va Rossiya o‘rtasida Irtish daryosi orqali yangi tranzit yo‘lagi yaratishni rejalashtirmoqda. Bu haqda mamlakat transport vaziri Marat Qoraboyev ma’lum qildi. Mulozim Sharqiy Qozog‘iston viloyati Tug‘il qishlog‘ida daryo porti qurilishini ta’kidladi.
– Xitoy va Rossiya o‘rtasida Qozog‘iston hududi orqali Irtish, so‘ngra Ob daryolari bo‘ylab Shimoliy dengizga chiqadigan yangi multimodal yo‘lak shakllantiriladi, – dedi Qoraboyev. – Mazkur loyiha doirasida Xitoy bilan chegarada to‘rtinchi temir yo‘l nazorat-o‘tkazish manzilini ochish, Tug‘il qishlog‘igacha 120 kilometr temir yo‘l tortish va port qurish rejalashtirilgan.
Kelasi yil may oyida uch davlat transport vazirlari muzokara o‘tkazadi. Tashiladigan yuk miqdori yiliga 2,6 million tonnani tashkil etadi.