Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev yonilg‘i-energetika majmuasini rivojlantirish, yirik neft-gaz va energetika loyihalarini amalga oshirish jarayoni to‘g‘risidagi hisobotni tingladi.
“Kazinform” xabar berishicha, mamlakat yetakchisi issiqlik va energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilish masalasini alohida nazoratga olish bo‘yicha ko‘rsatma bergan. Shuningdek, atom elektr stansiyasi qurishni jadallashtirish muhimligini ta’kidlagan.
Avvalroq Qishloq xo‘jaligi xodimlari birinchi forumida Toqayev issiqlik tizimiga alohida e’tibor qaratib, mavjud nosozliklar rahbarlarning layoqatsizligi ko‘rsatkichi sifatida baholanishini aytgan edi.