Oʻzbekiston Prezidentining Yaponiyaga tashrifi munosabati bilan rasmiy qabul marosimi boʻldi

Asosiy tadbirlar yakuniga yetgach, Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe va uning rafiqasi Akie Abe tomonidan Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va uning rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva sharafiga tantanali qabul marosimi tashkil etildi.

Tadbirda Yaponiya hukumati, Yaponiya parlamentining Oʻzbekiston bilan doʻstlik ligasi, Oʻzbekiston rasmiy delegatsiyasi aʼzolari, shuningdek, atoqli davlat arboblari ishtirok etdi.

 

OʻzА