Prezident Yaponiya Maslahatchilar palatasi rahbariyati bilan uchrashdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tokioda tashrif dasturining ikkinchi kunida Yaponiya parlamentnining Maslahatchilar (yuqori) palatasi prezidenti Akiko Santo bilan uchrashdi.

Parlamentlararo hamkorlikning bugungi holati, ayniqsa, joriy yilda qabul qilingan qoʻshma memorandum doirasida ikki mamlakat qonun chiqaruvchi organlari oʻrtasidagi faol muloqot olib borilayotgani yuksak baholandi.

Oʻzbekiston va Yaponiya oʻrtasidagi doʻstlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari koʻrib chiqildi. Taʼlim, madaniyat, sport, gumanitar almashinuv sohalarida keng imkoniyatlar mavjudligi taʼkidlandi.

Davlatimiz rahbari Yaponiya parlamenti Maslahatchilar palatasi sessiyalari oʻtkaziladigan tarixiy zal bilan ham tanishdi.

 

O’zA