Nukus davlat pedagogika instituti Yevrosiyo pedagogika universitetlari assotsiatsiyasiga qo‘shildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Yevroosiyo pedagogika universitetlari assotsiatsiyasi a’zosiga aylandi.
Assotsiatsiya 2015 yilda Olmota shahrida MDH davlatlari pedagogik universitetlari rektorlari yig‘ilishida ta’sis etilgan. Ta’sis shartnomalari 48 universitet tomonidan imzolangan.
Assotsiatsiya notijorat tashkilot hisoblanib, uning tarkibiga Yevrosiyo mintaqasidagi, jumladan, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Belarus, Qozog‘iston, Armaniston va Rossiya davlatlaridagi oliy o‘quv yurtlari kirishi mumkin.
Tashkilotning asosiy faoliyati MDH davlatlaridagi Assotsiatsiyaga a’zo bo‘lgan universitetlar o‘rtasida xalqaro hamkorlikni tashkil qilish va pedagogik ta’limni rivojlantirishdan iborat.

 

O‘zA