Mahmud Murodov “UFC”da gʻalaba qozongan ilk oʻzbek jangchisi

Daniya poytaxti Kopengagen shahrida oʻtkazilgan “UFC Fight Night 160“ turnirida hamyurtimiz Mahmud Murodov italiyalik Alessio Di Kirkio bilan raqobatlashdi.
Oʻzbekistonlik sportchilar oʻrtasida birinchilardan boʻlib “UFC” musobaqasida ishtirok etgan M.Murodov oʻzining debyut jangini muvaffaqiyatli oʻtkazdi. Mahmud uch raund davom etgan bellashuvda Alessio Di Kirkioni 29:28, 29:28, 29:28 hisobida magʻlubiyatga uchratdi.
Maʼlumot uchun, Alessio Di Kirkio “UFC” musobaqasida olti bor ishtirok etgan. Mahmud Murodov esa shu kungacha “Oktagon” promousheni bilan hamkorlik qilar edi.

 

Javohir TOSHXOʻJAYEV, OʻzA