Shaxmatchilar kutib olindi

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida joriy yilning 4-11-sentyabr kunlari Hindistonning Dehli shahrida 6 yoshdan 20 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil-qizlar oʻrtasida boʻlib oʻtgan Gʻarbiy Osiyo chempionati ishtirokchilarini kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi.
Dehlida boʻlib oʻtgan chempionatda Oʻzbekiston sharafini 11 nafar shaxmatchimiz himoya qildi. Ular orasida FIDE toifasidagi sport ustalari Abdumalik Abdusalimov va Muhammadali Abdurahmonov hamda ayollar oʻrtasida xalqaro toifadagi sport ustasi Bahora Abdusattorova ham bor edi.
Musobaqa yakunida terma jamoamiz 3 ta oltin, 1 ta kumush, 4 ta bronza medalini qoʻlga kiritdi va umumjamoa hisobida ikkinchi oʻrinni egalladi.
photo5463137279288650562.jpg
photo5463137279288650563.jpg
photo5463137279288650564.jpg
photo5463137279288650565.jpg
photo5463137279288650566.jpg

 

Muhammad AMIN (surat), OʻzA