Toshkentda elektrobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi

“Toshshahartransxizmat” AJ va Belarusning “Belkommunmash” kompaniyasi oʻrtasidagi oʻzaro memorandumga asosan Toshkent shahriga sinov tariqasida elektrobus olib kelindi.
Yaqin kunlarda elektrobusni qisqa masofali yoʻnalishlardan biriga biriktirish rejelashtirilmoqda.
Maxsus komissiya ushbu elektrobus bilan bogʻliq barcha holatlarni toʻliq oʻrganib chiqadi. Xususan, Oʻzbekistonning issiq iqlimida elektrobusning harakatlanish imkoniyatlari, yoʻlovchilar sogʻligiga uning taʼsiri va boshqa jihatlar atroflicha tahlil qilinadi.

 

OʻzA