O‘quvchilar badminton bo‘yicha bellashdi

Nukusda umumta’lim maktablarining 7-10 sinf o‘quvchilari o‘rtasida badminton bo‘yicha “Yoz – 2019” sport musobaqalarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada uning quyi bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 50 nafarga yaqin o‘g‘il-qiz ishtirok etdi.
Umumjamoa hisobida Nukus shahridagi 32-umumta’lim maktabi jamoasi g‘olib bo‘ldi. Kegeyli tumanidagi 3-umumta’lim maktabi o‘quvchilari ikkinchi, Chimboy tumanidagi 32-umumta’lim maktabi va Taxtako‘pir tumanidagi 6-umumta’lim maktabi badmintonchilari uchinchi o‘rinni egalladi.
photo5382106502136965945.jpg
photo5382106502136965946.jpg

 

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA