11 mart voqealari qisqa satrlarda

Iroq. Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy Iroqqa ilk rasmiy tashrifini amalga oshirdi. 
Rossiya. Mamlakat Ichki ishlar vazirligi Moskva politsiyasi tomonidan 18 yil xalqaro darajadagi qidiruvda bo‘lgan jinoyatchi qo‘lga olinganligini ma’lum qildi.
Jazoir. Mamlakatdagi ommaviy norozilik namoyishlar ta’sirida hukumat iste’foga chiqqanligini xabar qildi.
Bryussel. Yevroittifoq va Buyuk Britaniya Irland chegarasi masalasida kelishuvga erishdi.
Venesuela. Mamlakat bo‘ylab yuz bergan elektr ta’minotidagi jiddiy uzilish asosida favqulodda holat joriy etildi.
 
Braziliya. Kuchli yog‘ingarchilik oqibatida kelib chiqqan suv toshqinlarida halok bo‘lganlar soni 12 taga yetdi.

 

Zuhra Mirzaboeva, O‘zA