Kegeylidagi mushtlashuv oʻlim bilan tugadi

Kegeyli tumani “Aqtuba” OFY hududidagi fermer xoʻjaliklarining birida baxtsiz hodisa roʻy berdi. Tuman fuqarolari A.B. va A.K oʻzaro janjallashib, urishadi. A.B. ismli shaxs A.K.ning yuz qismiga kuchli jarohat yetkazadi.
Natijada, jabrlanuvchi tuman tibbiyot birlashmasiga olib boriladi. U yerda hushiga kelmay vafot etadi, deb maʼlumot bermoqda Jinoyat ishlari boʻyicha Kegeyli tumani sudi raisi A. Bekmanov.
Mazkur jinoyat tuman sudi tomonidan koʻrilib, sudlanuvchi A.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-boʻlimi “d” bandi boʻyicha 9 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.

 

OʻzA