AQSH davlat qarzlari rekord darajaga chiqdi

AQSH moliya vazirligi maʼlumotlariga koʻra, Amerika davlat qarzlari tarixda ilk bor 22 trillion dollardan oshgan.
Qayd etilishicha, bugungi kunda davlat qarzlari miqdori umumiy hisobda 22,012 trillion dollarni tashkil etmoqda.
“USA Today“ning yozishicha, Donald Tramp Prezidentligi muddatida AQSH davlat qarzlari katta surʼatlarda oʻsib bormoqda. Nashr ayni holatga sabab sifatida Amerikada oʻtgan yilda oʻtkazilgan soliq islohoti va mudofaa xarajatlarining oshib borayotganini koʻrsatgan.
Avvalroq, 2018 moliyaviy yilida AQSH byudjet defitsiti 17 foizga oshib, 779 milliard dollarni tashkil etgani maʼlum qilingan edi. Prognozlarga koʻra, ushbu koʻrsatkich 2020 moliyaviy yilida trillion dollarga yetadi.

 

Malohat Husanova, OʻzA