Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining “Ishonch telefoni” orqali Nukus shahri, Amir Temur koʻchasi 72-uyda yashovchi fuqaro A.Muzaffarov “Nukus avto savdo” korxonasiga “Cobalt” mashinasi uchun 84 million 164 ming 910 soʻm pul oʻtkazganligi, ammo avtomashinasi chiqish sanasida isteʼmolchiga uni Xorazm viloyatidan olish kerakligidan norozi boʻlib murojaat qilgan. Shuningdek, mashina kechikkan kuni uchun tuzilgan shartnomaga asosan korxonadan 0,01 foiz penya undirib berishni aytgani roʻyxatga olingan. Maxsus topshiriqlar asosida Nukus shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan oʻrganish ishlari olib borildi.

Buning natijasida isteʼmolchi bilan tuzilgan shartnomaga asosan, avtomashina 14 kunga kechikkanligi hamda shartnomada koʻrsatilgan shartlariga koʻra, kechiktirilgan kun uchun 0,01 foiz yaʼni 117 ming 831 soʻm penya toʻlandi. Shu yilning 23 yanvar kuni “Cobalt” mashinasi Nukus shahrining oʻzida isteʼmolchiga topshirildi.

 

OʻzA