Prezident Samarqandga keldi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11 yanvar kuni Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi. 
Davlatimiz rahbari viloyatda qurilayotgan uy-joylar, ilmiy va madaniy obyektlar, iqtisodiy loyihalar bilan tanishadi. Tushdan keyin Samarqand shahrida faollar ishtirokida yigʻilish oʻtkaziladi.
Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati maʼlum qildi.

 

OʻzA