Rahbar ogohlantirilgan
2018 yil dekabr oyida UzA.uz saytida “
Suvni loyqalatayotgan kim?” sarlavhali maqola eʼlon qilingan edi. Mazkur maqola yuzasidan Respublika Bosh Davlat sanitariya vrachi oʻrinbosari D.Mirzabayev quyidagilarni maʼlum qildi:

– Samarqand viloyat va shahar Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari mutaxassislari tomonidan Samarqand viloyat “Savoqova” DUK xodimlari bilan hamkorlikda “RAISE PRODUCTION BUSINESS” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga qarashli “Shirinmiya ildizlar qayta ishlovchi sex”da hosil boʻladigan oqova suvlardan “Farhod” oqova suvlarni tozalash inshooti tarmogʻiga tashlashdan oldin labaratoriya tahlillarini oʻtkazish uchun namunalar olingan. Labaratoriya tahlillari natijalariga koʻra, oqova suvni tashlash uchun tuzilgan shartnomada koʻrsatilgan miqdordan, azot ammoniy va muallaq zarralar miqdori yuqori boʻlgani aniqlangan.

Oʻrganish oʻtkazilgan davrda sex faoliyat koʻrsatmayotgani sababli, jamiyat rahbariga zamonaviy kichik oqova suvlarni tozalash ishootini oʻrnatish boʻyicha tushuntirishlar berilgan. Kichik oqova suvlarni tozalash inshootini oʻrnatmasdan sexdan chiqarilayotgan oqova suvlardagi kimyoviy ingrediyentlar “Suvoqova” DUK bilan tuzilgan shartnoma koʻrsatilgan miqdordan oshgan taqdirda, Samarqand viloyat “Suvoqova” DUK bilan tuzilgan shartnoma bekor qilinib, tarmoqdan uzib qoʻyilishi toʻgʻrisida jamiyat rahbari ogohlantirilgan.

Sex tomonidan chiqarilayotgan oqova suvlar tashqi muhit ifloslantirilishining oldini olish borasida oʻtkazilayotgan tadbirlar nazoratga olingan.

 

OʻzA