Joriy yilning 10 yanvar kuni mamlakatimizga Qirgʻiziston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov boshchiligidagi delegatsiya keladi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, tashrif dasturi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida ikki tomonlama muzokaralar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, Qirgʻiziston delegatsiyasi Samarqand shahrida Afgʻoniston ishtirokida oʻtadigan “Hindiston – Markaziy Osiyo” muloqotining birinchi vazirlar uchrashuvida ham ishtirok etadi.
OʻzA