Amudaryo tumanida antiqa va yagona avtomobil yaratildi

Qoraqalpogʻistonning Amudaryo tumani Mangʻit shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro Alisher Yuldashev eski “Zaporojes” avtomobilining korpusi asosida yangi avtomobil yigʻib chiqardi. “Tiko”ning motorini, “Mazda”ning oʻrindigʻini, “Malibu”ning ruli va orqa faralarini, “Kaptiva”ning old qoplamasi (oblitsovka)ni “Zaporojes”ning korpusiga oʻrnatib, antiqa avtomobil yaratgan ixtorochi-muallif unga “Yagona” deb nom qoʻygan.
— Yoshligimdan avtomashina yigʻishga qiziqaman va ancha vaqt shuni oʻzimga kasb qilib kelganman. Shuning orqasidan pul topib, roʻzgʻor tebratganman. 90-yillarda Nukus shahrida talabalik paytimda uylarning oldida qantarilib yotgan avtomobillarni koʻrib, uning egalari bilan gaplashib sotib olardim va ularga qayta ishlov berib sotardim. Hozirgacha davlat ishlaridan boʻsh paytimda darhol avtomashina yigʻishga kirishaman, — deydi A.Yuldashev.
— Antiqa avtomobil yaratish gʻoyasi bundan 4 yil avval paydo boʻlgan, – deydi u. – Bir kuni avtomobil yigʻayotgan paytimda yonimga qizcham (u vaqtda 5-sinfda edi) kelib, menga xushomad qilib: “dada, menga ham mashina olib bering. Faqat u mashina hech kimda yoʻq, yagona boʻlsin” dedi. Gʻoyani aslida qizim bergan. Natijada, mana koʻrib turibsiz, “Yagona” “marka”li avtomobil dunyoga keldi. Xudo xoxlasa, kelgusi yilda qizim maktabni tugatadi. Ushbu antiqa avtomobilni qizimga sovgʻa qilmoqchiman.
“Yagona” avtomobili 3 yilda dunyoga kelgan. Alisher Yakubovning taʼkidlashicha, u mablagʻ topgan paytlari bozordan avtomobillarning ehtiyot qismlarini sotib olib yurgan. Mazkur avtomobil uchun 50 mln. soʻmdan koʻproq sarf xarajat qilgan.
Uning hovlisida yana “Moskvich 401” rusumli eski avtomashina ham bor ekan. Bu avtomashinani ham bir vaqtlari sotib olib, unga qayta ishlov bergan va ayni paytda motori yaxshi holatda ishlab tur.
Alisher Yakubov kelajakda shunday avtomobillardan muzey tashkil qilishni ham niyat qilmoqda.
photo5303088578588420724.jpg
photo5303493662723910007.jpg
photo5303088578588420727.jpg
photo5303493662723910009.jpg
photo5303088578588420725.jpg
photo5303493662723910014.jpg
photo5303493662723910015.jpg
photo5303493662723910016.jpg

 

Ye.Qanoatov, M.Habibullayev (surat), OʻzA