Nukusda yoʻlovchi poyezdi "naushnik" taqqan oʻsmirni bosib ketdi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati Nukus shahri temir yoʻl vokzali yonida boʻlgan baxtsiz hodisa yuzasidan maʼlumot berdi. Bu haqida Makan.uz sayti xabar bermoqda. Qayd etilishicha, 2019 yil 5 yanvar kuni soat 13:45da Nukus shahri hududidan oʻtuvchi “Xoʻjayli-Nukus” temir yoʻlining 2-piketi 699-kilometrida 334-sonli “Saratov-Urgench-Toshkent” yoʻlovchi tashuvchi poyezdini tortib kelayotgan UZTE16M2-033-son teplovozi temir yoʻl relsining oʻrtasida qulogʻiga quloqchin taqqan, Nukus shahrida yashovchi 2002 yilda tugʻilgan R.D.ni bosib olgan. Oqibatda, R.D. voqea joyida vafot etgan. Ushbu holat boʻyicha hozirgi vaqtda tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

O’zA