Mehmonxonalar qurish uchun investorlar xarajatlarining bir qismi Davlat byudjeti hisobidan qoplanadi

“Turizm tarmogʻini jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida“ gi Prezident qaroriga binoan 3 yulduzli toifa uchun 50 ta xonadan kam boʻlmagan va 4 yulduzli toifa uchun 100 ta xonadan kam boʻlmagan xonalar fondiga ega mehmonxona 2022 yil 1 yanvargacha foydalanishga topshirilgan taqdirda, mehmonxona toifasi tasdiqlangach yangi mehmonxonani qurish va jihozlash uchun investorlar xarajatlarining bir qismi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Bunda, investorlar xarajatlarining bir qismini Davlat byudjetidan moliyalashtirish miqdori qoʻshimcha ravishda tashkil etilayotgan xonalar soni 50 mingtaga yetguniga qadar kelgusi yil uchun Davlat byudjeti parametrlarini tasdiqlash jarayonida ushbu miqdorni har yili indeksatsiya qilgan holda 3 yulduzli toifaga ega mehmonxonalardagi har bir xona uchun 40 million soʻm, 4 yulduzli toifaga ega mehmonxonalardagi har bir xona uchun 65 million soʻmni tashkil qiladi.
dastlabki 50 ta 3 yulduzli toifaga ega mehmonxona – har bir mehmonxonaning bitta xonasi uchun yillik 200 AQSH dollari ekvivalentida;
dastlabki 30 ta 4 yulduzli toifaga ega mehmonxona – har bir mehmonxonaning bitta xonasi uchun yillik 400 AQSH dollari ekvivalentida.
Bunda tashkilotlar uchun royaltini moliyalashtirishning umumiy hajmi koʻpi bilan 10 million AQSH dollari ekvivalentiga teng boʻladi.

 

OʻzA