Moskvaning “Akula” shapito-sirki Namanganda tomosha koʻrsatmoqda

Shu kunlarda Moskvaning “Akula” shapito-sirki gastrol safari bilan Namanganga tashrif buyurdi.
–Oʻzbekistonga birinchi bor oʻtgan yili kelgan edik, – deydi “Akula” shapito-sirki bosh maʼmuri Oksana Shcherbakova. – Oʻshanda ijodiy chiqishimiz bilan Samarqand, Buxoro va Navoiy viloyatlarida boʻldik. Bu gal Namanganda boshlangan safarimiz Andijon, Samarqand, Toshkentda davom etadi. Tomoshamiz oʻzbek xalqiga manzur boʻlsa, xush kayfiyat, koʻtarinkilik ulashsa, xursand boʻlamiz.
Tashkil topganiga qariyb yarim asr boʻlgan “Akula” sirki jozibador, eʼtiborni tortuvchi dasturga boyligi bilan eʼtiborli. Ayniqsa, hayvon oʻrgatuvchi er-xotin Arina va Denis Barkovskiylarning afrika sheʼrlari ijro etuvchi attraksion, itlar va otlar bilan tomoshalari, havo gimnasti Irina Dushokanovaning betakror chiqishlari koʻpchilik olqishiga sazovor boʻlmoqda.
photo5469868704222259522.jpg
photo5469868704222259523.jpg
photo5469868704222259524.jpg
photo5470134859050625360.jpg
photo5470134859050625361.jpg
photo5470134859050625362.jpg

 

Hotam Mamadaliyev (surat), OʻzA