Avaz Xodjayev, Sirdaryo viloyati hokimining Investitsiya boʻyicha oʻrinbosari:
– Azal-azaldan yurtimizda savdo-sotiq yaxshi rivojlangan. Buyuk ipak yoʻli tarixiga nazar tashlasak ham savdo hamkorligi keng taraqqiy etganligiga guvoh boʻlamiz. Ajdodlar anʼanasiga muvofiq hozirda yurtimizga investorlarni jalb etish odatiy, ammo masʼuliyatli va sharafli yumushga aylandi.
Bugungi forumda investorlar bilan muzokara olib borib, “Novopek” kompaniyasi bilan qiymati 8 million dollarga teng 2 ta loyiha kelishuviga erishdik. Bu loyihalar 2019-2020 yillarda amalga oshishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, ikki tomonlama savdo uyini ochish boʻyicha takliflarni jiddiy oʻrganib chiqayapmiz.