“Kazak tourism” milliy kompaniyasi raisi oʻrinbosari Timur Duisengaliyev Qozogʻiston Respublikasining Chimkent shahrida oʻtkazilayotgan Qozogʻiston – Oʻzbekiston I mintaqalararo hamkorlik forumiga oʻz munosabatini bildirdi.
— Bugungi turizm iqtisodiyotning yangi, oʻziga xos boʻgʻini sanaladi. Turizm har bir mamlakatningkelajagini belgilab beradi. Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasida turizm yoʻnalishida 9 dan ortiqhamkorlik shartnomalari imzolandi. Chegaraviy masalalarda ham ijobiy kelishuvga erishildi. Xalqaro tajribaga koʻra, turizm ish oʻrni yaratilishida ham yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirishda asosiy rol oʻynaydi. Oxirgi yillarda Oʻzbekistonda turizmni keng koʻlamda rivojlantirish uchun davlat tomonidan bir qator jiddiy ishlarga qoʻl urilmoqda. Turizm sohasida faoliyat yuritayotganim uchun bu jarayonni doimiy kuzatib boraman. Ushbu forumni oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad hamkorlikda loyihalarni qayta koʻrib chiqib, toʻsiqlarsiz turizmni yoʻlga qoʻyishdir. Bunday ijobiy hamkorlik iqtisodiyotimizdagi oʻsish suratini oshishini taʼminlaydi. Ishsizliknining keskin kamayishiga olib keladi. Biz, turizm sohasining vakillari xalqlarimiz xohishidan kelib chiqib ish yuritsak, azaliy qadriyatlarga ega Qozogʻiston va Oʻzbekiston tomoni xalqaro tajribalar asosida turizmni rivojlantirishga bel bogʻlasa, yaqin kelajakda iqtisodiyotning yana bir tayanchi paydo boʻladi, albatta.