Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida “Suv – bebaho neʼmat” koʻrik-tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda mamlakatimizda Orol fojiasining aholi salomatligi va atrof-muhitga salbiy taʼsirini yumshatish borasida muhim ishlar amalga oshirilayotgani taʼkidlandi. Vatanimiz taqdiri bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan Orol fojiasi, Orolboʻyi xalqlarining taqdiri haqida yozish, bu fojia bilan bogʻliq muammolarni koʻtarib chiqish shu Vatan fuqarosiman, degan har bir insonning burchi ekani qayd etildi.
Shu yilning iyun oyida boshlangan tanlovga yozuvchi-shoirlarning ijodiy ishlari qabul qilindi. Ular orasidan eng saralari tanlab olindi.
Tanlovda oʻzbek va rus tillaridagi asarlar yoʻnalishida Bahodir Ahmedov, Raxshona Ahmedova, Davron Rajab, Anita Eliv sovrinli oʻrinlarni egalladi.
“Oʻquvchilar mehrini qozongan asar” nominatsiyasida Fotima Jalolovaning asari gʻolib, deb topildi.
Tadbirda Boris Babayev tomonidan ishlangan Orol dengizi mavzusidagi hujjatli film namoyishi yigʻilganlarda katta taassurot qoldirdi.